AQSHning Kaliforniya shtati Frimont shahrida joylashgan elektr transport vositasi ishlab chiqaruvchi „Tesla“ zavodida yongʻin sodir boʻldi. Yongʻin zavodning qurilish ishlari olib borilayotgan qismida sodir boʻlgan, voqea joyiga oʻt oʻchiruvchilar jalb qilingan. Yongʻin shtamplovchi uskunaning ichida suyuq alyuminiyning gidravlik suyuqlik bilan qorishib ketgani sababli kelib chiqqan[9].
Tesla Motors (hozirda Tesla, Inc.) kompaniyasi 2003-yil 1-iyulda Martin Eberhard va Marc Tarpenning tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Bir necha oydan keyin ularga Ian Wright ham qoʻshilgan. 2004-yil fevralda ular 7,5 million AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb qilishdi, Bu pulning 6,5 millionini Elon Musk toʻlagan. Musk direktorlar kengashi raisiga aylangach, Eberhardni bosh direktor lavozimiga tayinladi.

